29-iyun kuni Toshkent shahar hokimligi tomonidan Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan bayramona kecha o‘tkazildi. Tadbirda shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ham ishtirok etdi.

Foto: “Xabar.uz”

Hokim jurnalistlar bilan muloqotda poytaxtda Media City qurishni taklif qildi, deya xabar bermoqda “Xabar.uz”.

“Dubayda shunday joy bor. Bizda ham jurnalistlar, tahririyatlar, saytlar uchun alohida shaharcha bo‘lishini xohlayman”, — dedi u.

Shuningdek, qo‘shimcha qildi: “Bizni tanqid qilishmagan kuni xuddi ishlamayotgandek his qilaman o‘zimni”.