Bostondagi RR Auction kimoshdi savdolar uyi 1-iyul kuni malika Dianaga tegishli bo‘lgan to‘q ko‘k rangli tolstovkani (yengil ustki kiyim) sotuvga qo‘ydi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: EPA

Auksion saytida yozilishicha, paxta va poliesterdan tikilgan kiyim yaxshi holatda saqlab qolingan.

Foto: Rrauction

Malikaning murabbiyi Jenni Rivettning aytishicha, Fly Atlantic yozuvi tushirilgan tolstovkani malika Diana o‘zining har bir mashg‘ulotida kiyib, shu orqali paparatsiyalarning suratga olishiga yo‘l qo‘ymaslikka uringan.

Savdolar besh ming dollardan boshlanishi kutilmoqda.