Xalq ta’limi vazirligi Namangan viloyati, Kosonsoy tumanida joylashgan 54 ta maktab o‘qituvchilarini majburiy mehnatga jalb etilganligi haqidagi xabarlarni o‘rganmoqda. Bu haqda vazirlik axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Xalq ta’limi vazirligi

Vazirlik huquqiy nazorat xizmati xodimlari mazkur xabarlarni o‘rganib chiqadi va qonunchilik doirasida ushbu vaziyatga yo‘l qo‘yganlarga chora ko‘radi.

Xalq ta’limi vazirligi o‘qituvchilarning shikoyatlarini qabul qiluvchi virtual inspektorni ishga tushirgan. O‘qituvchilar majburiy mehnatga jalb etilganida, huquqlari buzilganda yoki turli to‘lovlarga majburlangan holatlarda “Ovoz.uzedu.uz”  sayti yoki +998 99 988 10 06 telefoni va telegram raqamiga murojaatlarini yuborishi mumkin.