Olimlar birinchi marta Odam immuntanqisligi virusi (OIV) hujayralarini sichqonlar DNKsidan olib tashlashga erishdi, “Exo Moskvi”ning xabar berishicha, tadqiqot natijalari Nature Communications jurnalida chop etilgan.

Foto: Google Images

Amerikaning ikki tibbiyot universiteti tadqiqodchilari virusni bartaraf etishda qo‘llaniladigan preparat bilan birga genomni o‘zgartirish texnologiyasidan foydalangan.

Qayd etilishicha, virusining butunlay yo‘q qilinganini tasdiqlash uchun yillab vaqt kerak bo‘lgan. Sichqonlarda o‘tkazilgan tadqiqotning oraliq natijalari shu yili ma’lum bo‘ladi. Agar u muvafaqiyatli o‘tsa, terapiya klinik sinovdan o‘tkaziladi.