Indoneziyalik Xari Toa uyi shiftida paydo bo‘lgan g‘alati mavjudotni videoga oldi, deb yozmoqda Daily Mail.

Foto: Videodan lavha

Tasvirda ikki qanot va turli uzunlikdagi to‘rtta paypaslagichga ega o‘rtacha kattalikdagi mavjudotning tepaga ko‘tarilayotganini ko‘rish mumkin. Video muallifi uning ko‘rinishidan hayratga tushgan va uni “o‘zga sayyoralik” deb atagan. Uning taxminicha, o‘sha kuni yomg‘ir yog‘ayotgani sababli mavjudot tunash uchun xavfsiz joy qidirgan.

Toa bu qanday turga kiruvchi hayvonligini aniqlay olmay, Arctiinae oilasiga kiruvchi kapalak bo‘lsa kerak, degan fikrga kelgan. U kapalak va o‘rgimchak gibridiga o‘xshash bo‘lib, e’tibor tortishga yordam beruvchi feromonlar ishlab chiqaradigan bir nechta paypaslagichlarga ega.