Qozog‘istonda 30-iyundan 6-iyulgacha bo‘lib o‘tgan “Yevrosiyo” xalqaro kinofestivalida “Choy” filmi hakamlarning maxsus mukofoti nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

Foto: Shokir Xoliqov/ “O‘zbekkino”

Bu haqda film rejissori Shokir Xoliqov jurnalist Feruz Muhammadga bergan qisqa intervyusida ma’lum qildi.

‘Yevrosiyo’ xalqaro kinofestivalida 12 ta to‘liq, 12 ta qisqa metrajli filmlar ishtirok etdi.

‘Choy’ filmi ‘Hakamlar hayatining maxsus mukofoti’ ga munosib ko‘rildi.

Shokir Xoliqov, rejissor

“Choy” kartinasining Toshkentdagi taqdimoti Alisher Navoiy nomli kino saroyida 1-iyul kuni bo‘lib o‘tgan edi.