Innovatsion rivojlanish vazirligida AQShning aeronavtika va koinotni tadqiq qilish milliy boshqarmasi — NASA ilmiy xodimi Kamilla Elleyn bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi

Uchrashuv chog‘ida ilm-fan, xususan, xotin-qizlarni STEM yo‘nalishida ta’limga qiziqtirish masalalari muhokama qilindi. O‘zbekiston bu borada AQSh bilan ikki tomonlama hamkorlik qilishga tayyor ekanligi bildirib o‘tildi.

Mazkur uchrashuv doirasida Ilg‘or texnologiyalar markazida “Yuqoriga, yanayam yuqoriga: NASAning kelajakka sayohati” hujjatli filmi namoyish etildi. K. Elleyn ishtirokida NASA nufuzi va ahamiyati muhokama qilindi.

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi

Tadbirda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari ishtirok etdi. Mehmonlarni Innovatsion rivojlanish vazirining yuqori martabali maslahatchisi Karsten Xayns qabul qildi.