Navoiy viloyati aholisi falanga deb ataluvchi hasharotlar ko‘payganidan shikoyat qilmoqda, deb xabar bermoqda “Daryo” mobil muxbiri.

Foto: “Daryo”

“Harakati juda tez, odamdan qo‘rqmaydi, olovda yoqsangiz ham osonlikcha yonmaydi”, — deyiladi mobil muxbir xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi Jumabozor QFY atrofidagi dala hovlilarda falanga (o‘rgimchaksimon zaharli jonivor) paydo bo‘lgani ma’lum qilingan edi. Qashqadaryoning ba‘zi hududlari aholisi ham falangalardan shikoyat qilgan.

Ta’kidlanishicha, falanga zaharli emas, ammo uning chaqishi juda og‘riqli bo‘ladi, chaqqan joy bitib ketishi uzoq vaqt oladi.