AQShning Jorjiya shtatida qatnov chog‘i pul tashiyotgan zirhli avtomobilning yon eshigi ochilib ketdi va yo‘lga kupyuralar sochildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: YouTube

Mahalliy politsiya vakili Robert Parsonsning so‘zlariga ko‘ra, yo‘lga ancha-muncha pullar sochilgan va u avval bunday holatni faqat filmlarda ko‘rgan.

Guvohlarning aytishicha, ayrim haydovchilar kupyuralarni yig‘ishtirib olish uchun to‘xtagan. Politsiya yetib kelgan vaqt ularning ko‘pchiligi allaqachon ketib bo‘lgandi.