O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Rustam Shoabdurahmonov Rossiya Federatsiyasiga tashrifi doirasida Moskva shahrida Rossiya sport vaziri Pavel Kolobkov bilan uchrashdi. Bu haqda tashkilotning rasmiy saytida xabar berildi.

Foto: MOQ rasmiy sayti

Ta’kidlanishicha, tomonlar o‘zaro hamkorlik doirasida qator loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishgan.

Uchrashuv mobaynida o‘zbekistonlik sportchilarning katta musobaqalarga tayyorlanishi uchun Rossiya sport vazirligiga qarashli sport bazalari taqdimoti ko‘rsatilgan.

Tashrif davomida Rustam Shoabdurahmonovga MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi direktori, professor Abdushukur Sodiqov hamrohlik qilga. Delegatsiya a’zolari Rossiyadagi sport tibbiyoti sohasi mutaxassislari bilan tajriba almashgan.

Rossiya va O‘zbekiston uzoq yillik mustahkam aloqalarga ega va biz bu hamjihatlikni davom ettirishga tayyormiz. Rossiya sport vazirligi va Rossiya olimpiya qo‘mitasi O‘zbekiston tomonining Rossiya sport vazirligi hamda O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘rtasida keng qamrovli hamkorlik qilish borasida 2019-yil uchun tuzilgan harakat rejasini ma’qullaydi. Mazkur loyiha hududlarda sportdagi ilm-fan yutuqlari, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi axborot almashinuvi, sport va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha tadbirlar tashkil qilish tajribasi, shuningdek, ikki Milliy olimpiya qo‘mitalari o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatini yaratadi.

Pavel Kolobkov, Rossiya sport vaziri 

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!