“Betis” darvozaboni Pau Lopes faoliyatini “Roma”da davom ettiradi. Bu haqda Rim klubining rasmiy saytida xabar berildi.

Foto: Twitter

24 yoshli ispaniyalik Italiya klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Uning transfer narxi 23,5 million yevroni tashkil etdi.

“Roma” kabi klubga yo‘q deyishning o‘zi noto‘g‘ri. Bu faoliyatimdagi eng katta qadam bo‘ldi. Buyuk klub tomonidan bildirilgan ishonchdan mamnunman. Bunday katta chaqiruvni qabul qilishga tayyorman.

Pau Lopes, “Roma” darvozaboni

Avvalroq Pau Lopes “Roma” tarixidagi eng qimmat darvozabon hamda A Seriyadagi eng yuqori maosh oluvchi futbolchilardan biriga aylanishi haqida xabar berilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!