13 va 14-iyul kunlari sobiq Telman istirohat bog‘i 85 yilligini o‘tgan yillar ruhidagi maxsus dastur va arxivdagi ajoyib fotosuratlarlar ko‘rgazmasi bilan nishonlaydi.

Central Park (sobiq Telman bog‘i) ma’muriyati bog‘da noyob tashlandiq arxivning topilgani haqida xabar berdi. Bu esa jamoatchilikka bog‘ning 85 yilligini nishonlash vaqtida fotogalereya shaklida namoyish etiladi.

Aziz Po‘latov, bog‘ boshqaruvchisi: “Bahorda bog‘ hududida 160 dan ortiq fotosuratlar, gazetalar parchasi, ajoyib maqtov yorliqlari va bog‘ mukofotlaridan iborat noyob arxiv topilgan edi. Biz bularning barini raqamlashtirib, bog‘da fotoko‘rgazma o‘tkazishga qaror qildik. Tasodifni qarangki, bog‘ bu yili 85 yoshga to‘lar ekan va biz bu yubileyni keng ko‘lamda bayram sifatida nishonlashga qaror qildik. Ushbu sanada tashrif buyuruvchilar bog‘ning boy tarixiga nazar solish va topib olingan bebaho arxivni tomosha qilish imkoniga ega bo‘lishadi”.

Yubiliy munosabati bilan bog‘ o‘tgan yillarning unitilmas muhitini qaytadan yaratishga va’da bermoqda. Mehmonlarni maxsus bezaklar, tematik fotozonalar va “Taqdir hazili”, “Kavkaz asirasi”, “Shurikning sarguzashtlari” filmlari hamda “Nu, pogodi”, “Bolakay va Karlson”, “Buratino”, “Cheburashka” kabi multfilmlarning barcha uchun sevimli bo‘lgan qahramonlari, shuningdek,  stilyaga va kvestli shou-dasturlar kutib qoladi.

Bog‘da mazali kekslar, “kartoshka” shirinligi, chumoli uyasi (muraveynik) kabi qandolat mahsulotlari bilan Safia Catering’dan tematik bufet, shuningdek, barchaga tanish bo‘lgan aravachalarda kvas va gazlangan suv avtomatlari xizmat qiladi.

Tadbirning bosh hamkori — Yangi Darhon TJM bo‘lib, kompaniya istirohat bog‘ida qimmatbaho sovg‘alar o‘yini hamda turli tanlovlarni tashkil etadi.

Tadbir Nice Day Event Group ivent—  agentligi tomonidan o‘tkazilmoqda.

O‘tkazilish vaqti: 13 va 14-iyul

Dastur: 20:00 dan 23:00 gacha

Facebook: Central Park

Reklama huquqi asosida.