Tadqiqotchilar yoshi taxminan 210 ming yil hisoblanayotgan Homo sapiens vakilining toshga aylangan eng qadimgi qoldiqlarini topdi. Meduza’ning xabar berishicha, bu haqda Nature jurnalida chop etilgan.

Foto: Infolayf

Olimlar Gretsiya janubidagi Apidima g‘oridan 1970-yillarda topilgan ikki bosh suyagini tahlil qilganidan so‘ng, shunday xulosaga kelgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, bosh suyaklaridan biri 170 ming yil avval yashagan neandertalga, ikkinchisi esa Yevropadagi zamonaviy odamlarning dastlabki vakiliga tegishli.

Qayd etilishicha, Homo sapiens vakiligi tegishli bo‘lgan ushbu suyaklar, 2018-yilda Isroilda topilgan qoldiqlardan 16 ming yilga qadimiydir.

Tadqiqotchilarning fikrichi, Homo sapiens vakillari avval taxmin qilinganidan ham ilgariroq Afrikadan ko‘cha boshlagan.