Sudanda amalga oshirilgan harbiy to‘ntarishdan uch oy o‘tib, yana qo‘zg‘alon uyushtirishga harakat qilindi, deb xabar beradi “Exo.Moskvi”.

Foto: Espreco

Mamlakat harbiy kengashi 12 nafar ofitserni qo‘lga olgan. Hozirda ular so‘roq qilinmoqda.

Bundan bir oy oldin Sudan hukumati mamlakatda to‘ntarishni amalga oshirishga uringan ikkita harakatning oldi olinganini ma’lum qilgandi. Aprel oyida bo‘lib o‘tgan ommaviy norozilik namoyishlaridan so‘ng, harbiylar davlatni 30 yildan buyon boshqarib kelayotgan Umar al-Bashirni hokimiyatdan chetlatgan edi.

Sudan prokurori vazifasini bajaruvchi Valid Said Ahmad 2-may kuni Umar al-Bashirni mablag‘larni o‘zlashtirish, xorijiy valyuta bilan bog‘liq firibgarlik va terrorchilikni moliyalashtirish ishlarini tekshirish bo‘yicha ko‘rsatma bergan edi.