Tuvada mashinaning daryoga oqib ketishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi. “RIA Novosti”ning yozishicha, ularning 6 nafari voyaga yetmagan shaxslar bo‘lgan.

Foto: “Gazeta.ru”

Avtohalokat Bay-Taygin tumanida sodir bo‘lgan bo‘lib, UAZ avtomobili Shuya daryosini keschib o‘tmoqchi bo‘lgan va cho‘kib ketgan. Halok bo‘lganlar cho‘kish alomatlari bilan topilgan. Mashinada bo‘lgan odamlarning aniq soni hozircha noma’lum.

Voqea joyida qidiruv-qutqaruv guruhi ish olib bormoqda. Yo‘l harakati qoidasini buzganlik yuzasidan jinoiy ish ochilgan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, mashinada ikki oila bo‘lgan.