Turinning “Yuventus” klubi “Ayaks” bilan himoyachi Matteys de Ligtning transferi borasida muzokaralarni davom ettirmoqda.

Foto: Google Images

De Telegraaf’ning xabar berishicha, Turin klubi amsterdamliklarga 19 yoshli futbolchi uchun 67 million yevro taklif bilan chiqqan.

Qayd etish joiz, “Yuventus” de Ligtni “Ayaks” bilan 13-iyul, shanba kuni Avstriyadagi mashg‘ulot yig‘inlariga borishini xohlamayapti. Shuning uchun, Turin klubi shartnomani imkon qadar tezroq imzolamoqchi.

“Ayaks” himoyachining transferidan 75 million yevro ishlab olmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq de Ligt uchun “Barselona” hamda PSJ klublari ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar berilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!