Prezident qaroriga muvofiq, “O‘zavtosanoat” AJ joriy yilning 1-oktabridan Trade-in dasturini ishga tushiradi, u xaridorlarga rasmiy dilerlarga eski avtomobilni sotib, farqini to‘lash va yangisini olish imkonini beradi.

Foto: O‘zA

Shu bilan birga, dasturda quyidagilarning oldi-sotdisi haqidagi shartnomalarni notarial tartibda rasmiylashtirish zaruriyati ko‘zda tutilmagan:

eski avtomobillarning, xaridorga belgilangan namunadagi ma’lumotnoma-schyotlarni berishni joriy qilish bilan;

mahalliy ishlab chiqarish rasmiy dilerlaridan sotib olingan yangi avtomobillarning.

Shuningdek, rasmiy dilerlar eski avtotransport vositalarini sotib olishda IIV organlarida ro‘yxatdan o‘tkazishda yig‘im to‘lashdan ozod etiladi.