Prezident qaroriga muvofiq, 2019—2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari belgilandi.

Foto: “O‘zavtosanoat” AJ

Ular quyidagilardan iborat:

yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmini 350 ming donagacha oshirish;

yengil avtomobillarni mahalliylashtirish darajasini o‘rta hisobda 60 foizgacha yetkazish;

yuk avtomobillari va avtobuslar ishlab chiqarish hajmini 10 ming donagacha oshirish;

avtomobillarning yillik eksport hajmini 100 ming donagacha yetkazish;

korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini, shuningdek, “YeRP” avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimini joriy etish;

aholining keng qatlamlari uchun hamyonbop bo‘lgan yengil avtomobilning yangi zamonaviy modeli ishlab chiqarilishini nazarda tutgan holda avtomobillarning modellar qatorini yangilash;

“O‘zavtosanoat” AJ tarkibiga kiruvchi kamida ikkita aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini mahalliy va xalqaro fond bozorlarida birlamchi ommaviy joylashtirish (IPO) orqali investorlarni jalb etish.