FaceApp dasturi iyul oyida erishgan mashhurligi sabab 1 million dollardan ortiq pul ishlab oldi. Bu haqda mobil dasturlar bozorini tahlil qilish bilan shug‘ullanuvchi App Annie kompaniyasi ma’lumotlariga tayanib, Meduza xabar berdi.

Foto: “Qo‘shni mahalla”

Gap 9-iyuldan 19-iyulgacha bo‘lgan oraliq haqida ketmoqda.

Bu vaqt ichida dastur 6,5 million marta yuklab olingan. Kelib tushgan mablag‘ning asosiy qismi — 746 ming dollar Apple foydalanuvchilariga hisobiga to‘g‘ri keladi.

Forbes’ning yozishicha, o‘z tarixi davomida FaceApp 73,2 million marta yuklab olingan va 11,6 million dollar ishlab topgan.