AQShda 92 yoshli argentinalik mashhur me’mor Sezar Pelli vafot etdi. “Korrespondent.net”ning yozishicha, bu xabarni Argentina prezidenti Maurisio Makri 19-iyulda Twitter’dagi sahifasida tasdiqlagan.

Getty Images

“Sezarning qarindoshlari va do‘stlariga o‘z taziyamni bildirmoqchiman. Uning butun dunyoga meros sifatida qoldirgan ishlari barcha argentinaliklarning faxridir”, — degan u.

Ma’lumot uchun, Pelli 1926-yilning 12-oktabrida San-Migel-de-Tukuman shahrida tug‘ilgan. 1952-yilda AQShga yashashga kelgan. Аrxitektorning eng mashhur ishlari – Kuala-Lumpurdagi Petronas minorasi, avval Jahon moliya markazi deb atalgan Nyu-Yorkdagi Brookfield Place binosi, shuningdek, Janubiy Amerikada eng baland bino bo‘lgan Santyagodagi Costanera Center osmono‘paridir.

Santyagodagi Costanera Center
Foto: Udd

Kuala-Lumpurdagi Petronas imorati
Foto: EPA

Nyu-Yorkdagi Brookfield Place binosi
Foto: Wikimedia