NASA’ning kosmik parvozlar bo‘yicha birinchi rahbari, muhandis Kris Kraft 22-iyulda Xyustonda 95 yoshida vafot etdi. “TASS”ning yozishicha, bu haqda NASA saytida uning rahbari Jeyms Braydenstayn tomonidan xabar qilingan.

Foto: AP

“Bugun Amerika NASA’ning birinchi xodimlaridan biri, parvozlar bo‘yicha birinchi rahbar Kris Kraftning vafotidan so‘ng chindan ham milliy boyligini yo‘qotdi. Biz Kraftning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildiramiz”, — deyiladi Braydenstayn bayonotida.

Uning ta’kidlashicha, Kraft odamlarni fazoga va Oyga yuborish uchun yordam bergan asosiy jamoa a’zolaridan biri bo‘lgan.