Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlarida uzilish yuz berdi. Bu haqda turli saytlar ishlashidagi muammolarni kuzatib boruvchi DownDetector resursi ma’lumotiga tayanib, “RBK” xabar qildi.

Foto: “RBK”

Ma’lumotlarga ko‘ra, Downdetector’ga Instagram ishida kuzatilgan uzilishlar bo‘yicha 1899 ta xabar kelib tushgan. Facebook hozirda o‘z ishini qayta tiklagan. Uzilishlar asosan Ukraina, Braziliya va Polsha foydalanuvchilarida ro‘y bergani aytilmoqda.

Shikoyat qilganlarning aksariyati — 68 foizi Instagram tarmog‘iga kira olmagan, 21 foizi esa akkauntida muammo kuzatilayotganini hamda 10 foizi veb-saytga kirishga qiynalayotganini bildirgan.