AQShda Oyga birinchi qo‘ngan Amerikaning “Apollon-11” kosmik kemasi fazogirlari Nil Armstrong, Edvin (Bazza) Oldrin va Maykl Kollinzning saryog‘dan yasalgan haykali namoyish etildi. “TASS”ning yozishicha, ular Ogayo shtatida har yili o‘tkaziluvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazmasiga qo‘yilgan.

Foto: About space jornal

Haykallarning barchasi uch nafar fazogirning haqiqiy kattaligida yaratilgan bo‘lib, uni yasashga 907 kilogramm saryog‘ ketgan.

Ushbu haykaltaroshlik namunalari odamning Oyga qo‘nganinig 50 yilligi munosabati bilan namoyish etilgan. Ko‘rgazmada, shuningdek, saryog‘dan yasalgan sigir va buzoqchalar ham bo‘lgan.

Foto: Twitter