Elton Jonning OITSga qarshi kurashish uchun tashkil etilgan xayriya fondi tomonidan uyushtirilgan kimoshdi savdosida First Editon seriyasiga tegishli Bentley Flying Spur sedani sotildi, deb xabar beradi Motor.

Foto: Motor

O‘zini oshkor etishni istamagan xaridor mazkur avtomobil uchun 700 ming yevro to‘lagan. Ta’kidlash kerakki, oddiy Flying Spur’ning narxi 200 ming yevro atrofida turadi.

Yangi Flying Spur Porsche Panamera platformasi asosida qurilgan. Shohona avtomobilga 636 ot kuchiga ega olti litrli W6 dvigateli o‘rnatilgan. 100 kilometr soat tezlikka chiqish uchun mashinaga 4,5 soniya yetadi. Shuningdek, unga Bentley tarixida birinchi bor to‘liq boshqariluvchi shassi ham o‘rnatilgan.

Foto: Motor

Kimoshdi savdosidan tushgan barcha pullar OITS’ga qarshi kurashish mo‘ljallangan xayriya ishlariga yo‘naltiriladi.

Foto: Motor

Foto: Motor

Foto: Motor