Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 24-iyuldagi buyrug‘i asosida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining Ellikqal’a pedagogika fakulteti tashkil etildi. Bu haqda “Daryo”ga institut matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Nukus pedagogika instituti matbuot xizmati

Fakultet Ellikqal’a tumanida joylashgan Qoraqalpoq davlat universiteti qoshidagi Bo‘ston akademik litseyida o‘z faoliyatini boshlaydi.

Buyruq asosida litsey bino va inshootlari tegishli hududi va mol-mulklari bilan birgalikda fakultetga o‘tkaziladi.

Nukus davlat pedagogika instituti yangidan tashkil etilayotgan fakultetda ta’lim jarayonini tashkil etish, Ellikqal’a tumani va unga yaqin hududlarda yashovchi talabalardan iborat guruhlar tashkil etish va mazkur guruhlarni fakultetga biriktirish, fakultetni malakali professor-o‘qituvchilar bilan ta’minlash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha ishlarni olib boradi.