Internetda yirik Komodo echkemari Indoneziya o‘rmonlarida maymunni butunligicha yutib yuborayotgani aks etgan video tarqaldi, deb yozmoqda “MK.ru”.

Foto: “MK.ru”

Videoda echkemar maymunni bor-yo‘g‘i bir necha marta urunib yutib yuborganini ko‘rish mumkin. Hatto dumi ham bir zumda g‘oyib bo‘lgan va reptiliya tishlarini ko‘rsatgan.

Ma’lumki, Komodo echkemari yirtqich hayvon bo‘lib, o‘z o‘lchamidan 80 foizgacha katta bo‘lgan o‘ljani yutishga qodir. Uning zahri yirik hayvonlarni ham falaj qilishi mumkin. Ba’zan odamlar ham uning qurboni bo‘ladi. Oxirgi marta shunday holat 2009-yilda qayd etilgan.