Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudida tadbirkor Ahmed Aliyevning ishi bo‘yicha kassatsiya arizasi eshituvi davom etmoqda, deb yozadi “Nuz.uz”.

Foto: “Nuz.uz”

Bo‘lib o‘tgan sud ishida mahkum sudga 5,311 milliard so‘mni o‘g‘irlashga aloqador emasligining dalillari paketini taqdim etdi. Tadbirkor bu ulkan mablag‘ nimalardan iborat ekanligini v anima uchun u bu pullarni o‘g‘irlagan bo‘lishi mumkin emasligini asoslab berdi.

Shuningdek, firibgarlikdagi ayblovlar eski qarz bilan bog‘liq ekanligini aytib, uni Aliyevlar oilasi allaqachon to‘lab bergani yuzasidan dalillar taqdim etdi.

Aliyevga ayblovlar e’lon qilingan qolgan 12 ta modda bo‘yicha ham u sudga o‘z aybsizligining isbotlarini yozma ravishda taqdim etdi. Sudda tadbirkor tergov davomida unga qarshi qiynoqlar va tahdidlar qo‘llanilganini ham ma’lum qildi.

“Men o‘zimga qarshi qo‘yilgan moddalarning hech birini tan olmaganman. Meni do‘pposlashgan, xo‘rlashgan. Bir kuni meni hushsiz holda MXX gospitaliga yetkazishgan, u yerda yaralarimga bir nechta tikish tushirishgan. Hayotimga suiqasd uyushtirilgan. Rafiqam trevoga ko‘targani uchun qotillik mo‘jiza tufayli qutulib qolganman. Shu va boshqa ko‘plab narsalar haqida ozodlikka chiqqanimdan keyin brifingda aytib beraman. O‘tgan 7,5 yil mobaynida boshimdan o‘tkazgan hamma narsani aytib beraman. Shunchaki ismlarni quruq aytmasdan, barchasini hujjatlar bilan asoslab beraman. Menda huquq-tartibot organlarining sobiq va amaldagi oliy mansabdorlariga qarshi kuchli obro‘sizlantiruvchi hujjatlar bor. Shuningdek, mening ishimga aloqador bo‘lgan va hozirgacha ozodlikda qolayotgan odamlarning ismlarini ham oshkor qilaman”, — dedi Aliyev sud majlisida.

Navbatdagi eshituv 5-avgustga belgilangan. Sudya Madumarov Aliyevni firibgarlikda ayblagan Irina Yarsevani va sud ijrochisi Akmal Narziyevni so‘roqqa chaqirmoqchi.

Ahmed Aliyev — taniqli zargar va tadbirkor, O‘zbekiston zargarlar assotsiatsiyasi raisi, 1200 ga yaqin xodim ishlagan “Aliyev Zargari” kompaniyasi egasi.