Saudiya Arabistoni hukumati podshohlik ayollari tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan ishlar ro‘yxatini kengaytirdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.

Foto: “RIA Novosti”

Ta’kidlanishicha, endilikda 21 yoshga to‘lgan ayollar erkak vasiyning roziligisiz mustaqil ravishda pasport olib, xorijga chiqishi mumkin.

Bundan tashqari qizlar voyaga yetmaganlar uchun vasiy bo‘lish, shuningdek, yangi tug‘ilgan farzandini davlat organlari orqali ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniga ham ega bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yili Saudiya Arabistonida ayollarga maxsus oilaviy taksilarda haydovchi bo‘lib ishlash uchun ruxsat berilgan edi.