Tonirovka haqidagi hukumat qarorida faqat III klassdagi M3 toifadagi avtotransport vositalarining orqa va yon oynalariga pardalar o‘rnatishga ruxsat berilgani qayd etilgan ekan. Bu haqda bloger Xushnud Xudoyberdiyev ma’lum qildi.

Foto: Norma

III klassdagi yo‘lovchilarni tashiydigan, haydovchining o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni 8 tadan ortiq va eng katta vazni 5 tonnadan ko‘p bo‘lgan hamda faqat o‘tirib ketishga mo‘ljallangan avtotransport vositalari tushuniladi.

Hukumatning mazkur qarori bo‘yicha batafsil videoizoh e’lon qilindi.