Bir muddat ilgari “Daryo”da Samarqand viloyati Urgut tumanidagi To‘rtko‘l mahallasida dunyoga kelgan uch egizak – Shavkatbek, Ziroatxon va Saidaxon haqida maqola chop etilgan edi. Materialda taxminan uch oy muqaddam tug‘ilgan bolalarga mas’ul tashkilotlar tarafidan e’tibor qaratilmagani, ayni paytda oila moddiy qiyinchiliklarga duch kelayotgani aytilgan edi.

Foto: “Urgut sadosi”

“Urgut sadosi” gazetasining ma’lum qilishicha, tuman hokimi o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zamira Murtazoyeva egizaklar holidan xabar olish uchun ularning xonadonida bo‘ldi. U go‘daklarning onasiga kir yuvish mashinasi, egizaklarga esa kiyim-kechak, tagliklar va boshqa zarur buyumlardan iborat tuman hokimligi sovg‘a-salomlarini topshirdi.

Shuningdek, tuman tibbiyot birlashmasi mutaxassislari kichkintoylarni ko‘rikdan o‘tkazdi va egizaklar parvarishi uchun kerakli tavsiyalar berdi.