Singapurda yil boshidan buyon Denge bezgagidan 9 kishi vafot etdi. “TASS”ning yozishicha, bu so‘nggi yillarda kuzatilgan rekord ko‘rsatkichdir.

Foto: Reuters

Ta’kidlanishicha, Denge bezgagi qurbonlarining barchasi Singapurning turli burchaklarida yashagan. Hozirda umumiy hisobda 9,1 mingta kasallikka chalinish holatlari qayd etilgan. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 5 baravar ko‘p.

Bundan tashqar, Denge va boshqa og‘ir kasallikning asosiy tarqatuvchisi bo‘lgan Aedes aegypti chivinlarining yashash joylari 2018-yilga nisbatan 70 foizga ko‘paygan.

Denge — virusli infeksiya bo‘lib, tropik va subtropik hududlarda nisbatan keng tarqalgan. Bemorda yuqori harorat, ko‘ngil aynishi, bosh va bel og‘rig‘i, toshmalar kuzatiladi. Hozirda Denge bezgagiga qarshi vaksina yo‘q.