AQShning Rossiyadagi elchisi Jon Xantsman prezident Donald Trampga 3-oktabrdan iste’foga chiqishi haqidagi arizani taqdim etdi.

Foto: AP

Xantsman kuzda o‘zi gubernator bo‘lgan Yuta shtatiga qaytib, yangi gubernatorlik kampaniyasini boshlash niyatida.

Ma’lumot uchun, Jon Xantsman 2017-yil 3-oktabrdan e’tiboran AQShning Rossiyadagi elchixonasini boshqargandi.