Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev Qo‘y-Toshdagi qarorgohidan kuchishlatar tuzilmalari xodimlari tomonidan olib ketildi, deb xabar berdi Knews.

Foto: Knews

Uning yonida Qirg‘iziston sotsial-demokratik partiyasining rasmiy vakillari Qunduz Joldubayeva va Farid Niyazov bo‘lgan.

Qayd etilishicha, sobiq prezident va kuchishlatar tuzilmalar o‘rtasidagi muzokaralar uzoq davom etgan. Atambayev taslim bo‘lishga qaror qilgan. Uning tarafdorlari mashinani o‘tkazmayotgani aytilmoqda. O‘q ovozlari eshitilmoqda, deyiladi xabarda.