Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev bir necha soat davom etgan harbiy operatsiyadan so‘ng huquq-tartibot organlari xodimlariga taslim bo‘ldi.

Foto: Knews

U o‘z qarorgohi hududidan kuchishlatar tuzilmalar xodimlari tomonidan olib chiqib ketildi. Qayd etilishicha, yo‘llar yopiqligi bois Atambayev Issiq-Ota tumani orqali olib ketilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Atambayev Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligining tergov bosh boshqarmasiga yetkazilgan.