Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni qo‘lga olish uchun o‘tkazilgan maxsus operatsiya chog‘ida prezident tarafdorlari hamda huquq-tartibot organlari xodimlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar oqibatida jarohat olganlar soni 98 nafarga yetdi, deb xabar berdi “Vedomosti”.

Foto: Knews

Jarohatlanganlarning 53 nafari shifoxonaga olib ketilgan.

Qayd etilishicha, kuchishlatar tuzilmalarning 11 nafar xodimi hozirda harbiy gospitalga yotqizilgan.

13 nafar jabrlanuvchi esa statsionar tarzda davolanmoqda. 83 kishi esa ambulator davolanishga jo‘natilgan.