Rossiyalik taniqli prodyuser Maksim Fadeyev asli o‘zbekistonlik bo‘lgan qo‘shiqchi Nargiz Zokirova bilan nima sababdan kelisha olmay qolganiga izoh berdi, deb xabar qiladi “Ren.TV”.

Foto: “Ren.TV”

“O‘zingni tartibga keltirishning eng tez usuli: 1) Qulog‘ingga ilingan lag‘monlardan qutulish… 2) Ko‘nglingdagi toshlardan xalos bo‘lish… 3) Bo‘yningga o‘tirib olgan surbet odamlarni tushirish. Bo‘ldi!”, — deydi prodyuser.

Avvalroq, Nargiz va Fadeyevga tegishli prodyuserlik markazi o‘rtasidagi shartnoma buzilgani haqida xabarlar tarqalgandi.

“Men MALFA leyblidan Maksim Fadeyevning musiqiy ijod mahsullarini ijro etishning taqiqlanishi bo‘yicha rasmiy hujjat oldim…

Qadrli do‘stlarim va muxlislarim! Bugun, konsert turiga ketishimga bir kun qolganida Voronej va Rostov-Dondagi konsertlarimning tashkilotchilaridan konsertlar bekor qilinganini bildim. Bu kabi xatni tashkilotchilar MALFA prodyuserlik markazidan olganini aytishdi”, — deydi qo‘shiqchi.

Nazgiz Zokirova hali o‘z qo‘shiqlari bilan muxlislari oldiga qaytishini ma’lum qilgan.