Chilining Puente-Alto shahridagi klubning o‘yin avtomati xonasida 8-avgust kuni sodir bo‘lgan otishmada 5 kishi halok bo‘ldi, deb yozmoqda “Korrespondent.net”.

Foto: The Costarica News

Guvohlarning aytishicha, o‘yin muassasasiga tashrif buyurganlarni noma’lum shaxs o‘qqa tutgan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyatchi xonada kamida 42 ta o‘q uzgan.

Otishmaga bundan avval klubdan tashqarida sodir bo‘lgan kelishmovchilik sabab bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda. Jinoyatchi qidiruvga berilgan.