Federal xavfsizlik byurosi direktorining sobiq o‘rinbosari Endryu Makkeyb o‘zi ishlagan idora ustidan sudga da’vo arizasini yozdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: EPA

Makkeyb xizmatdan 2018-yilning bahorida bo‘shatib yuborilgan edi. Sobiq amaldorning ta’kidlashicha, uning xizmatdan bo‘shatilishi siyosiy asosga ega bo‘lib, so‘z erkinligi borasidagi huquqini buzgan.

FQB raisining sobiq o‘rinbosarining aytishicha, u “Trampning partiyasiga sadoqati uchun qasamyod qabul qilish”dan bosh tortgani sabab xizmatdan bo‘shatilishi “birinchi o‘zgartirish”dagi huquqining buzilishiga olib kelgan.

Avvalroq, Makkeyb AQSh prezidentiga qarshi ikkita ish ochganini va shu sabab Donald Tramp uni ishdan bo‘shatganini ma’lum qilgandi.