Kamerundagi Duala xalqaro aeroportida qiymati 2,8 million bo‘lgan 60 kilogrammlik oltin musodara qilindi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.

Foto: Getty Images

Qayd etilishicha, bojxona xodimlari oltinni Ethiopian Airlines layneri yo‘lovchilari uchun mo‘ljallangan choyshablar orasidan topgan. Kamerun huquq-tartibot xodimlari xabariga ko‘ra, oltin Xitoy yoki Dubayga jo‘natish uchun tayyorlangan.