Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko do‘sti va hamkasbi — Qirg‘iziston sobiq prezidenti Kurmanbek Bakiyev bilan uchrashdi.

Foto: Belarus axborot agentligi

Uchrashuvga Bakiyevning 70 yillik yubileyi sabab bo‘ldi. Lukashenko uni tabriklab, ov manzaralari aks etgan kartina, xanjar va guldasta sovg‘a qildi.

“Tavallud kuningga albatta boramiz! Palov tayyorlay olasanmi? Palov sendan, sharob bizdan!” — deya mutoyiba qildi Belarus rahbari.

“Tabrik qismi tugagach Lukashenko va Bakiyev dolzarb masalalar muhokamasiga o‘tdi”, — deyiladi Belarus axborot agentligi xabarida.