Har yili Forbes ro‘yxatida paydo bo‘lgan eng boy odamlar o‘zlari uchun turli xil avtomobillarni tanlaydi, deya xabar berdi Sputnik.
Ko‘pchilik agar sizda ko‘p pul bo‘lsa, u holda avtomobilingiz ham hashamatli bo‘lishi kerak deb o‘ylaydi, biroq, unday emas, isboti quyidagi fotosuratlarda keltirilgan:
Foto: Sputnik
Ushbu Honda Fit avtomobili Facebook asoschisi Mark Sukerbergga tegishli.
Foto: Sputnik
Tesla asoschisi Ilon Mask esa Tesla Model S avtomobilining oddiy modelini haydaydi.
Foto: Sputnik
Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts 1979-yilda xarid qilgan Porsche 911 avtomobilini sotib, o‘rniga ushbu Porsche 959 modelini sotib olgan.
Foto: Sputnik
Alibaba Group raisi Jek Ma esa Xitoyda ishlab chiqarilgan Roewe RX5 SUV rusumli oddiy krossover haydaydi.
Foto: Sputnik
Google asoschilari faqatgina Toyota Prius avtomobilini yoqtiradi. Chunki ushbu mashina ham elektrda, ham benzinda harakatlana oladi.