AQShning Rossiyadagi yangi elchiligiga nomzod sifatida Shimoliy Koreya bo‘yicha maxsus vakil Stiven Bigan va Germaniyadagi elchi Richard Grennel nomzodlari ko‘rib chiqilmoqda.

Stiven Bigan.
Foto: RT

The Wall Street Journal nashriga ko‘ra, Bigan Rossiyadagi vaziyat bilan Ford kompaniyasi vitse-prezidenti bo‘lib ishlagan paytlaridan xabardor. Grennel esa Moskvaga o‘tkazishlariga qiziqish bildirmagan.

AQSh prezidenti Donald Trampning o‘zi nomzod borasida bir qarorga kelganicha yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Qo‘shma Shtatlarning Rossiyadagi elchisi Jon Xantsman shu yil oktabr oyida iste’foga chiqishini bildirgan.