Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambeyev korrupsiyada ayblanmoqda. Bu haqda uning advokati Sergey Slesarevga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Foto: “TASS”

“Atambayevga nisbatan korrupsiya ayblovi qo‘yildi, boshqa ma’lumotlar yo‘q”, — deydi advokat.

Slesarevning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘iziston sobiq prezidenti 26-avgustga qadar hibsga olingan.

Ta’kidlanishicha, sobiq prezidentni qo‘lga olish vaqtida bir qator protsessual normalar buzilgan. “Himoyam ostidagi odamni qo‘lga olish bo‘yicha hech qanday hujjat taqdim etilmagan, uni ogohlantirishgan va tezda qo‘lga olish bo‘yicha chora ko‘rilgan”, — deydi advokat.

Almazbek Atambayev 8-avgust kuni o‘zining Qo‘y-Toshdagi qishlog‘ida joylashgan uyida qo‘lga olingan edi.

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Atambayev kuch tuzilmalariga qarshilik ko‘rsatib, konstitutsiyani buzganligini ma’lum qilgan.