Lekima kuchli tayfuni yaqinlashib kelayotgani munosabati bilan Xitoyda 9-avgustda qizil ogohlantirish e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.

Foto: Die Presse

Tropik siklon shimoli-g‘arbiyga soatiga taxminan 20 kilometr tezlikda harakat qilmoqda. Uning epirmarkazi Xitoyning sharqiy sohilidan taxminan 280 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Prognozlarga ko‘ra, 10-avgust tongiga kelib markaziy qismdagi shamol tezligi soatiga 216 kilometrni tashkil etuvchi tayfun Xitoyning sharqiy provinsiyasi Chjetszyanga kirib boradi.

Tropik siklon Shanxayni ham qamrab olib, 10-avgust kuni ayrim hududlarda shamol tezligi soatiga 162 kilometrni tashkil etishi kutilmoqda.