Arxangelsk viloyatida joylashgan harbiy poligonda reaktiv dvigatel suyuqligini sinovdan o‘tkazish chog‘ida yuzaga kelgan hodisa oqibatida “Rosatom”ning 5 nafar xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda korporatsiya matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: EADaily

Matbuot xizmatiga ko‘ra, hodisa suyuq dvigatel qurilmasining izotop quvvat manbalari bilan olib borilgan muhandislik-texnik ishlari vaqtida sodir bo‘lgan.

Jarohat olganlar maxsus tibbiyot muassasasiga olib borilgan. Ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.