Buyuk Britaniya hukumati 2019-yilning oxiriga qadar dunyoning barcha mamlakatlari olimlari uchun viza olish rejimini soddalashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Britaniya hukumati rahbarining so‘zlariga ko‘ra, viza olish rejimining soddalashtirilishi mamlakatning “ilmiy super mamlakat” maqomini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Mazkur yangilik sabab mamlakatga ko‘proq tadqiqotchilar va ilmiy mutaxassislar, texnologiya sohasidagi muhandislar kelishi kutilmoqda.

Jonson Britaniya o‘zining innovatsiya va ixtirochilik tarixi bilan g‘ururlanishini ta’kidlab o‘tdi.

“Bu borada yetakchilikni saqlab qolishimiz uchun, nafaqat o‘zimizda bor iqtidorlarni qo‘llab-quvvatlashimiz, balki immigratsion tizimimiz dunyoning eng aqlli insonlarini yurtimizga jalb qilishiga bor kuch-g‘ayratimizni sarflashimiz kerak”, — deydi Jonson.