AQSh prezidenti Donald Tramp 9-avgust kuni Vashingtonni tark etib, ta’tilga otlandi.

Foto: Reuters

“RIA Novosti”ning yozishicha, u ta’tilni o‘zining Nyu-Jersi shtatidagi Bedminster golf-klubida o‘tkazishni rejalashtirgan.

Oq uy Trampning ta’tilga chiqishi haqida rasman ma’lum qilmagan, ammo AQSh matbuoti xabarlariga ko‘ra, prezident ta’tili 10 kun davom etadi. Shu vaqt mobaynida bir necha rasmiy tadbir va safarlar ham rejalashtirilgan.

Aytilishicha, Tramp lavozimiga kelganidan buyon 146-marta golf o‘ynashi. Forbes hisob-kitobiga ko‘ra, Tramp golf o‘ynashi soniga ko‘ra bu o‘yinga ishtiyoqi uchun o‘zi tanqid qilgan Barak Obamani ham ortda qoldirgan.