Dunyoni velosipedda aylanib chiqmqchi bo‘lgan yaponiyalik sayyoh Fumixiko Sato Peruda YTHga uchradi, deb yozmoqda “Korrespondent.net”.

Foto: Instagram

Ma’lum bo‘lishicha, 31 yoshli sayyohni 4-avgust kuni Guadalupito shahrida yuk mashinasi urib ketgan. Haydovchi qo‘lga olingan. Politsiya tergov harakati olib borib, voqeaning barcha tafsilotlarini o‘rganmoqda.

Sato boshlang‘ich maktabning sobiq o‘qituvchisi bo‘lib, o‘tgan yili ishini tashlab, velosipedda dunyo bo‘ylab sayohatga otlangandi. Shuningdek, u bolalar uchun blog ham yuritgan.