Meksika politsiyasi Uruapan shahrining turli joylaridan 19 nafar odamning jasadini topdi. Ularning 9  nafari ko‘prikka osilgan, 7 nafari yo‘lga tashlab ketilgan va yana uch nafari boshqa joylarda bo‘lgan, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: PVDN

Ko‘prik ustida “Xalisko” kartelining bosh harflari tushirilgan banner qoldirilgan. Unda “Vatanparvar bo‘lib, Viagrani o‘ldir”, deb yozilgan.

Ta’kidlanishicha, marhumlarning bir qismi otib o‘ldirilgan bo‘lsa, qolganlari pichoqlangan.

Shtat bosh prokurori Adrian Lopes Solisning ma’lum qilishicha, mazkur hodisa narkokartellar o‘rtasidagi shafqatsiz urushning yana bir ko‘rinishi. Ular nafaqat hukumatga qarshi, balki ta’sir doirasi va narkotiklar yetkazib berish yo‘nalishlarini nazorat qilish uchun ham o‘zaro jang olib bormoqda.