Norvegiya poytaxti Oslo chekkasidagi masjidda bir erkak otishma keltirib chiqardi. Reuters’ning xabar berishicha, u qo‘lga olingan.

Foto: BBC News

Masjid vakillarining so‘zlariga ko‘ra, gumonlanuvchi ikkita ov miltig‘i va to‘pponcha bilan qurollangan bo‘lgan. U o‘q uzishni boshlagach, masjid tashrifchilari avvaliga uni zararsizlantirgan, so‘ng politsiyaga topshirgan.

Hodisa oqibatida bir kishi yaralangan.

Politsiya gumonlanuvchining yoshi va ismini ma’lum qilmagan, faqatgina uning “yosh oq tanli erkak” ekanligini bildirgan. Gumonlanuvchi nima maqsadda masjidda otishma uyushtirgani noma’lum.